Kontent qismiga oʻtish

Daniele Orsato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Daniele Orsato
Orsato in 2016
Toʻliq ismi Daniele Orsato
Tavallud 23-noyabr 1975-yil (1975-11-23) (48 yosh)
Montecchio Maggiore, Vicenza, Veneto, Italy
Domestic
Yillar Liga Vazifasi
Serie A Referee
International
Yillar League Role
2010– FIFA listed Referee

Daniele Orsato – italiyalik futbol hakami 1975 yil 23 noyabrda tavallud topgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orsato 2010 yilda FIFA referisi etib tan olindi.[1]. U JCh-2014[2] va Evro-2012 saralash oʻyinlarida hakam sifatida oʻz faoliyatini olib borgan[3].

Orsato 2012–13, 2013–14 va 2014–15-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi musobaqalarida guruh bosqichi oʻyinlarini nazorat qilgan[4].

2016 yilda Orsato UEFA Chempionlar Ligasining 2015-16 yilgi mavsumida PSV Eyndxoven va Atletiko Madrid oʻrtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan[4].

2017-yilning 14-martida Orsato 2016-17-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi „Lester Siti“ – "Sevilya" oʻrtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan[5].

2018 yilning 1 iyulida Orsato Xorvatiya va Daniya terma jamoalari oʻrtasidagi JCh-2018 oʻyiniga VAR hakami etib saylandi.

2019-yil 12-fevral kuni Orsato UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi „Manchester Yunayted“ va „PSJ“ oʻrtasidagi 1/8 final dastlabki oʻyinini boshqargan. U 10 ta sariq kartochka koʻrsatdi (6 tasi "Manchester Yunayted" va 4 tasi „PSJ“) va 89-daqiqada Pol Pogbani maydondan chetlatdi.

Orsato 2020 yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida Parij Sen-Jermen va Bavariya oʻrtasidagi oʻyinni nazorat qilgan[6].

U shuningdek, 2021 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalidan oʻrin olgan "Chelsi" va "Real Madrid" oʻrtasidagi javob oʻyinini boshqargan.

2020 yilda Orsato IFFHS tomonidan oʻsha kalendar yilining eng yaxshi hakami sifatida taqdirlandi[7].

2022-yil 20-noyabr kuni Orsato mezbon Qatar va Ekvador terma jamoalari oʻrtasidagi 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatining ochilish oʻyiniga hakam etib tayinlandi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. FIFA. „Italy: Referees“. Retrieved on 17 May 2013.
  2. FIFA. „Match Report – Moldova – Montenegro 0:1 (0:0)“. 22 March 2013. Retrieved on 17 May 2013.
  3. UEFA. „Georgia 1-2 Greece“. 11 October 2011. Retrieved on 17 May 2013.
  4. 4,0 4,1 „Palmares for Daniele Orsato“. WorldrReferee.com. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  5. „Orsato pitará en Leicester: con él, el Sevilla ganó en Villarreal“. AS.com. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  6. „Referee team appointed for UEFA Champions League final in Lisbon“. UEFA (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  7. „IFFHS“. www.iffhs.com. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  8. „FIFA“. www.fifa.com. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:UEFA Elite Referees{ {UEFA Champions League Final referees}} Andoza:UEFA Euro 2020 referees Andoza:Serie A Referee of the Year